Logo
/about-hero.jpg

Biz leaderlarni yetishtiramiz !

- Thompson International School -

Thompson International School — zamonaviy xalqaro maktab bo'lib,maqsadimiz har bir o'quvchini mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiyfaol va kelajakda jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsata oladigan yetakchi shaxs sifatida tarbiyalashdir.

1

Ta'lim tizimi:

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar uchun zamonaviy dastur asosida ta'lim beriladi.

2

O'quv kuni:

Haftasiga 5 kun, soat 08:30 dan 17:00 gacha.

3

Ovqatlanish:

Har kuni 4 mahal halol va muvozanatli ovqatlanish.

4

Asosiy fanlar:

Ingliz tili, matematika, IT.

5

Tayyorlov dasturlari:

IELTS, SAT va fan olimpiadalari uchun maxsus kurslar.

6

To'garaklar:

12 dan ortiq yo'nalish — futbol, taekwondo, raqs, shaxmat, robototexnika, gimnastika, pazandachilik, mental arifmetika va boshqalar.

7

Chet tillar:

Tajribali o‘qituvchilar va native speaker’lar bilan chuqurlashtirilgan darslar.

8

Texnologiyalar:

VR, 3D-printerlar, robotlar va STEAM dasturlari asosida o‘qitish.

9

Rus sinflari:

Rus tilida o‘qitiladigan sinflar mavjud.

10

Rasmiy maqom:

Maktab rasmiy litsenziyaga ega bo‘lib, ta’lim jarayoni davlat standartlariga to‘liq mos keladi.

11

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya OTMlariga kirishda yordam, Yevropadagi o‘quv lagerlari, master-klasslar va ekskursiyalar.

12

Maqsad:

Har bir bola uchun ta’lim, tarbiya va rivojlanish uyg‘unligini ta’minlash — ularni kelajak liderlariga aylantirish

Thompson International School tarixi

2022 - Xalqaro ta'lim sari ilk qadam

2022-yilda Navoi shahrida birinchi Thompson International School filiali ochildi.

Shu tariqa, jahon standartlarini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan ta’lim yo‘li boshlandi.

Maktab qisqa vaqt ichida innovatsion yondashuvi, ingliz tiliga e’tibori va yuqori natijalari bilan tanildi.

logo

2023 - Kengayish va e'tirof

2023-yilda maktabning ikkinchi filiali Toshkent shahrining Chilonzor tumanida (Novza) ochildi.

Zamonaviy sinflar va laboratoriyalarga ega innovatsion kampus sifatli ta'limni istagan ota-onalar uchun diqqat markaziga aylandi.

Shu yili Thompson xalqaro imtihonlarga tayyorlov (IELTS, SAT) dasturlarini faol joriy eta boshladi.

logo

2024 - Birinchi yutuqlar va yangi filial

2024-yil maktab tarixida muhim bo‘ldi:

Birinchi bitiruvchimiz AQSh universitetiga grant asosida qabul qilinib, akademik dasturimiz samaradorligini isbotladi.

Shuningdek, ota-onalar so‘rovi bilan uchinchi filial Toshkentning Uchtepa tumanida ochildi.

Thompson o‘quvchilarni global kelajakka tayyorlaydigan maktab sifatida o‘z obro‘sini mustahkamladi

logo

2025 - Innovatsiyalar va kengayish yili

Thompson IELTS va SAT rasmiy test markazi maqomini oldi — endilikda o‘quvchilar ushbu imtihonlarni maktabning o‘zida topshirish imkoniga ega.

Shuningdek, Thompson App mobil ilovasi ishga tushirilib, ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni yagona tizimda birlashtirdi.

Bu yili Toshkentning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida, shuningdek Namangan shahrida yangi filiallar ochildi.

logo

Joriy yilda Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor tumanlari va Namangan shahrida yangi filiallar ochildi.

Bugungi kunda Thompson O‘zbekistondagi eng innovatsion va jadal rivojlanayotgan xalqaro maktablardan biri sifatida tan olingan.

logo
Thompson School — Toshkentdagi xususiy maktab | Zamonaviy ta'lim